Vladimir Zelenskiy Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva bilan uchrashishni so‘rab olti marta maktub yo‘llagan.
Bu haqda Metrópoles gazetasi manbalarga tayanib yozmoqda.
"Braziliya hukumati Zelenskiyning hech bir xatiga munosabat bildirmadi," - deyiladi materialda.
Qayd etilishicha, maktublardan birini Zelenskiy 2023 yil 27 oktyabrda, Lula da Silva 78 yoshga to‘lganida yo‘llagan. Shuningdek, u Braziliya yetakchisidan 2024 yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga taklif qilishni so‘ragan.
Bundan tashqari, yana bir maktub Braziliya prezidenti Moskvaga Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalarda qatnashish niyatida ekanini ma’lum qilganidan keyin yuborilgan.