Vladimir Zelenskiy Yevropadagi quvg‘indagi Belarus muxolifati bo‘yicha maxsus vakil tayinlashni taklif qildi.
"Diplomatik korpusda kadrlar o‘zgarishi bo‘ladi. Tashqi ishlar vazirligi Belarus va Yevropadagi Belarus jamoatchiligi bo‘yicha maxsus vakil lavozimiga nomzodlarni tayyorlamoqda", — dedi u o‘zining Telegram-kanalidagi videomurojaatida.
Zelenskiy ushbu lavozimga ko‘rsatiladigan nomzodlar haqida ma’lumot bermadi.