Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Zelenskiy AQShga Nikolas Maduro kabi Ramzan Qodirovni ham qo‘lga olishni taklif qildi

Zelenskiy AQShga Nikolas Maduro kabi Ramzan Qodirovni ham qo‘lga olishni taklif qildi

Ukraina prezidenti Tramp ma’muriyati Rossiyaga bosim o‘tkazishning turli xil usullarini, jumladan, Checheniston rahbarini qo‘lga olish missiyasini sinab ko‘rishni tavsiya qildi, deb yozmoqda OAV.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh hukumatiga Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ham xuddi Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro kabi hibsga olinishi kerakligini aytdi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, agarda Amerika Qodirovni asirga olsa bu voqea Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun jiddiy siyosiy bosim vositasiga aylanishi va uni tinchlik kelishuvi sari qadam tashlashga majbur qilishi mumkin.

"Mana, masalan, Maduro bilan bog‘liq holatni olaylik. Operasiya o‘tkazildi. Natijasini butun dunyo ko‘rdi. AQSh bu operasiyani tez amalga oshirildi. Xo‘sh, nega endi Qodirov kabi qotil bilan qandaydir operasiya o‘tkazmaslik kerak? Balki shunda Putin buni ko‘rib, o‘ziga kelib qolar", — dedi Zelenskiy.

Kiritildi: 22:17 07.01.2026. O'qildi: 1047 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!