Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika tomonidan Rossiya-Ukraina urushini tinch yo‘l bilan tugatish bo‘yicha kelishuv loyihasini oldi.
Bu haqda Ukraina yetakchisi idorasi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qilgan.
"Ukraina prezidenti Amerika tomonidan rasman reja loyihasini oldi, AQShning fikricha, diplomatiyani katalizlashi mumkin", — deyiladi bayonotda.
Zelenskiyning idorasi Ukraina tomoni amerikalik sheriklar, shuningdek, Yevropa va boshqa xalqaro hamkorlar bilan konstruktiv hamkorlik qilishga tayyorligini tasdiqlaganini ta’kidladi.
“Ukraina prezidenti yaqin kunlarda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan diplomatik imkoniyatlar va tinchlikka erishishning asosiy shartlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda", — deyiladi bayonotda.
G‘arb matbuoti avvalroq AQShda Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha ishlab chiqilgan 28 banddan iborat reja haqida xabar bergan edi. Bir qancha manbalarga ko‘ra, bu reja Ukrainaning Donbasning Ukraina nazoratidagi qismidan voz kechishi, Kiyevga harbiy yordamni kamaytirishi va rus tilini davlat tili sifatida tan olishini nazarda tutadi.