Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShdan Patriot havo mudofaa raketalarini mamlakat ichida ishlab chiqarish uchun lisenziya berishni so‘radi.
Uning ma’lum qilishicha, bu haqdagi maktub Oq uy va AQSh Kongressiga yuborilgan.
«Men Oq uy va Kongressga xat yubordim. Ularning bu masalani tushunib, munosabat bildirishiga umid qilaman. Bu iltimosni avvalgi AQSh ma’muriyatiga ham, hozirgi ma’muriyatga ham bildirganman.
Bu bizga yordam beradi. Bu Yaqin Sharqqa va AQSh qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgan boshqa mamlakatlarga ham yordam beradi. Yevropa o‘zining zamonaviy raketaga qarshi mudofaa tizimini ishlab chiqmaguncha, bizga AQSh ko‘magi zarur bo‘ladi», — dedi Zelenskiy.
Shuningdek, Ukraina prezidenti bugun Germaniya Ukrainaga IRIS-T havo mudofaa tizimi uchun yangi uchirish qurilmasini topshirganini ham ma’lum qildi.