Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Zelenskiy AQShdagi Demokratiya sammitida ishtirok etadi

Zelenskiy AQShdagi Demokratiya sammitida ishtirok etadi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Demokratiya sammitida ishtirok etadi.

"Biz shu hafta prezident Bayden va AQSh tashabbusi bilan bo‘lib o‘tadigan muhim xalqaro tadbirga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Demokratiya sammiti. Ukraina ishtirok etadi. Erkinlikni qo‘llab-quvvatlash pozisiyamiz har doimgidek kuchli bo‘ladi. ”, dedi u dushanba kuni videomurojaatida.

29-30 mart kunlari Qo‘shma Shtatlar dunyoda demokratiya duch kelayotgan muammolarni va avtokratik rejimlarga qarshi kurashish yo‘llarini muhokama qilishga mo‘ljallangan Demokratiya uchun ikkinchi sammitni tashkil qiladi.

Ikkinchi sammitga yangi ishtirokchilar - Kosta-Rika, Niderlandiya, Janubiy Koreya va Zambiya vakillari qo‘shiladi. Tadbir AQSh prezidenti Jo Bayden va uning ma’muriyatining yigirmaga yaqin rasmiylari ishtirokida o‘tkaziladi.

Kiritildi: 03:50 28.03.2023. O'qildi: 1493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!