Ukraina prezidenti Berlinda bo‘lib o‘tgan Germaniya–Ukraina iqtisodiy forumining yopilish marosimida so‘zga chiqdi. U Germaniya poytaxtida AQSh vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralar haqida fikr bildirdi.
"Bunday suhbatlar har doim ham oson kechmaydi. Ammo suhbat samarali bo‘ldi. Muhimi munosib va barqaror tinchlikka erishish", — dedi Zelenskiy.
Avvalroq muzokaralarda ishtirok etgan ukrainalik rasmiylar ham uchrashuvni xuddi shu tarzda baholagan edi. Axios manbasiga ko‘ra, AQSh tomoni ham uchrashuvni “samarali” deb hisoblamoqda.
Shu bilan birga, 14–15 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan muzokaralarning aniq tafsilotlari hozircha ma’lum emas.
Qayd etilishicha, Berlin uchrashuvi doirasida tinchlik rejasining bandlari muhokama qilingan. G‘arb nashrlari esa muzokaralar “qiyin kechganini” yozgan.