Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning fikricha, Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbariyati AQSh bilan foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuvni ratifikasiya qilish uchun ovoz bermagan Oliy Rada deputatlariga vizalarni bekor qilishi kerak, deb yozadi Ukraina ommaviy axborot vositalari.
"Bugun ular nafaqat kelajak uchun, balki bugun bizga kerak bo‘lgan narsani saqlab qolish uchun ham ovoz berishadi. [Oliy Radada] bunday qilmaslikka qaror qilgan odamlar bor. Masalan, men AQSh shunchaki ularga vizalarni bekor qilishi kerak, deb hisoblayman," - dedi u.
Zelenskiy, shuningdek, ba’zi deputatlar AQShga kelib, Ukrainada ahvol yomonligidan shikoyat qilayotgani va harbiy mojaroni qanday qilib tezda tugatish mumkinligi haqida gapirayotganidan noroziligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xuddi shu deputatlar o‘zlarini AQShning do‘stlari sifatida ko‘rsatishadi, keyin esa Vashington uchun muhim bo‘lgan narsalarga qarshi chiqishadi. "Natija tabloda bo‘ladi: kim ovoz berdi, kim yo‘q. Ikki tomonlama o‘yin o‘ynash mumkin emas," - deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq Radaga AQSh bilan foydali qazilmalar to‘g‘risidagi bitimni ratifikasiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritilgan edi.