Ukraina va Qo‘shma Shtatlar Italiyada bo‘lib o‘tgan G7 sammitida 10 yillik ikki tomonlama xavfsizlik shartnomasini imzoladi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan qo‘shma matbuot anjumanida kelishuv imzolangan kunni «tarixiy» deb atadi.
«Ushbu kelishuv barqaror tinchlikni kafolatlaydigan qadamlar haqidadir, shuning uchun u butun dunyoga foyda keltiradi», dedi Ukraina rahbari.
Zelenskiy, shuningdek, kelishuv Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi uchun «ko‘prik» ekanligini ta’kidladi.
Jo Bayden, o‘z navbatida, Ukraina uchun barqaror tinchlik «mamlakatning o‘zini hozirgi tahdidlardan himoya qilish va kelajakdagi har qanday tajovuzni oldini olish qobiliyati bilan bog‘liq» ekanini ta’kidladi.
Ukraina allaqachon 16 davlat: Buyuk Britaniya, Germaniya, Islandiya, Daniya, Ispaniya, Shvesiya, Norvegiya, Portugaliya, Belgiya, Latviya, Finlyandiya, Italiya, Fransiya, Kanada, Yaponiya va Gollandiya bilan ikki tomonlama xavfsizlik shartnomalarini imzolagan.