Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Zararli hasharotning O‘zbekistonga kirib kelishi oldi olinmoqda

Zararli hasharotning O‘zbekistonga kirib kelishi oldi olinmoqda

Turkmaniston Respublikasi hududida yangi hasharot turi paydo bo‘lgan. Bu tikanakli tunlam bo‘lib, O‘zbekistonda karantin ostidagi hasharot hisoblanadi.

Mazkur hasharot asosan g‘o‘zaga shikast yetkazadi. Bir yilda 4-5 avlod berib, rivojlanadi va tuproqda qishlab chiqadi. Tarqalish geografiyasi – Afrika qit’asidagi mamlakatlar, O‘rta yer dengizi, Janubiy Yevropa, Yaqin Sharq davlatlari, xususan, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Tayvan, Filippin, Afg‘oniston, Pokiston, Eron va Turkiya kabi davlatlardir.

Turkmaniston hukumati tomonidan tikanakli tunlamga qarshi kurash choralari olib borilmoqda.

O‘zbekiston hududiga mazkur xavfli zararkunanda kirib kelishi va tarqalishining oldini olish zarur. Shu maqsadda janub hududlar bilan chegaradosh barcha o‘simliklar karantini chegara maskanlarida nazorat tadbirlari kuchaytirildi, deyiladi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ma’lumotida.

Chegara maskanlarida karantin nazoratini samarali olib borish maqsadida Chili tajribasi asosida joriy etilgan detektor-xizmat itlari faoliyati yanada jadallashtirildi. 30 dan ortiq maxsus o‘rgatilgan itlar yordamida kinolog-inspektorlar chegara postlarida yo‘lovchilarning transport vositalari, bagaj hamda qo‘l yuklarini karantin nazoratidan o‘tkazmoqda.

Chegara maskanlaridan o‘simlik mahsulotlari, jumladan, ekish materiallari: ko‘chat, piyozbosh, urug‘liklar olib o‘tishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar fitosanitar sertifikat olish uchun Karantin agentligiga murojaat qilishlari so‘raladi, deyiladi ma’lumotda.

Shuningdek, chegara maskanlarida karantin ostidagi o‘simlik mahsulotlarini transport vositasida, bagaj, qo‘l yuki orqali olib o‘tish taqiqlangan. Bundan tashqari, yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlarni pochta jo‘natmalari orqali jo‘natish ham qonunbuzilish hisoblanadi.

Sertifikatsiz, karantin ruxsatnomasi rasmiylashtirilmagan mahsulotlar yo‘lovchilarning qo‘l yuklari va bagajlarida aniqlanadigan bo‘lsa, yuqori fitosanitar xavf tug‘diruvchi yuk egasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 108-moddasiga asosan javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantiriladi.

Kiritildi: 09:07 10.11.2024. O'qildi: 790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!