Navoiyda 3 nafar yigit Zarafshon daryosiga cho‘kib ketib, vafot etdi. Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati holatni tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, Karmana tumani Katta machit mahallasida yashovchi 4 nafar yigit 8 iyul kuni tush payti Zarafshon daryosiga cho‘milishga borgan. Ulardan 3 nafari cho‘milish vaqtida suvga cho‘kib ketgan.
“Buxoro va Navoiy viloyati FVB qutqaruvchilari, maxsus texnikalar va motorli rezina qayiq jalb etilgan holda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borildi. 10 iyul kuni 3 nafar voyaga yetmagan o‘smirning jasadi hodisa sodir bo‘lgan joydan turli masofalarda topildi”, deyiladi boshqarma ma’lumotida.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, vafot etganlar 2008 yilda tug‘ilgan J.S., 2012 yilda tug‘ilgan J.S. hamda 2010 yilda tug‘ilgan O.T. bo‘lgan. Ularning ikki aka-uka ekani aytilmoqda.