Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Jahon futboli yulduzlari FIFA prezidentiga qarshi qo‘shma murojaat e’lon qildi

Jahon futboli yulduzlari FIFA prezidentiga qarshi qo‘shma murojaat e’lon qildi

FIFA prezidenti Janni Infantinoga nisbatan bosim kuchaymoqda. Bir qator mashhur futbolchilar va sobiq yulduzlar uning rahbarligiga tanqidiy munosabat bildirib, qo‘shma murojaat e’lon qildi.

Murojaatni Mikael Silvestr, Lyusi Bronz, Emmanuel Peti, Biksent Lizarazyu, Rober Pires, Didye Drogba, Devid Jeyms, Klaudio Pisarro, Xuan Sebastyan Veron va Emmanuel Adebayor kabi taniqli futbol namoyandalari qo‘llab-quvvatlagan.

"Biz sevgan futbol hozirgi FIFA rahbarligi ostida o‘zining asosiy qadriyatlaridan tobora uzoqlashib borayotganiga guvoh bo‘ldik. Uzoq vaqt davomida muhim qarorlar futbolchilar bilan maslahatlashmasdan, ularning fikrini hisobga olmasdan va muxlislarga yetarlicha hurmat ko‘rsatmasdan qabul qilinganini kuzatdik", — deyiladi murojaatda.

Eslatib o‘tamiz, Janni Infantino 2016 yildan buyon FIFA prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.

Kiritildi: 12:38 26.08.2026. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!