Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Rahmonaliyevning goli «Sabah»ga «Xapoel» ustidan g‘alaba qozonishga yordam berdi (video)

Rahmonaliyevning goli «Sabah»ga «Xapoel» ustidan g‘alaba qozonishga yordam berdi (video)

Ozarbayjonning «Sabah» klubi Chempionlar ligasi saralash bosqichi javob uchrashuvida Isroilning «Xapoel Beer-Sheva» jamoasini 5:2 hisobida mag‘lub etdi.

Boku shahridagi Tofiq Bahromov nomidagi stadionda o‘tgan bahsning asosiy vaqti 3:2 hisobida «Sabah» foydasiga yakunlandi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisob tenglashgani bois qo‘shimcha bo‘limlar o‘ynaldi.

«Xapoel» 10-daqiqada Igor Zlatanovichning goli bilan hisobni ochdi. 38-daqiqada Kristian Nvachukvu muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda mehmonlar Gay Mizraxi orqali yana oldinga chiqib oldi.

74-daqiqada o‘zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliyev muhim golni urib, hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi. U 83-daqiqada almashtirildi.

Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan to‘rtinchi daqiqada Tellur Mutallimov «Sabah»ning uchinchi golini urdi va bahs qo‘shimcha vaqtga qadar cho‘zildi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda Orfe Mbina 101-daqiqada, Joy-Lens Mikels esa 115-daqiqada gol urib, mezbonlarning yirik g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa, «Sabah» javob uchrashuvida 5:2 hisobida g‘alaba qozondi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6:4 hisobida ustun kelib, YECHL asosiy turniriga yo‘l oldi.

Kiritildi: 07:30 26.08.2026. O'qildi: 800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!