Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Zarafshon daryosidan elektr toki yordamida baliq ovlagan shaxslar ozodlikdan mahrum qilindi

Zarafshon daryosidan elektr toki yordamida baliq ovlagan shaxslar ozodlikdan mahrum qilindi

Navoiyda taqiqlangan vositalar yordamida baliq ovlagan shaxslar jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Sud hukmida keltirilishicha, Qiziltepa tumanida yashovchi SH.G‘., Z.A., M.O. va B.S. elektr tokidan foydalangan holda Zarafshon daryosidan baliq ovlashgan. Ular 2024 yilning 23 sentyabr kuni tunda Zarafshon daryosining Navbahor tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismidan elektr qarmoqda 399 dona baliq ushlashgan. Baliqlar orasida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 46 dona “Turkiston mo‘ylovdori” (shimbaliq, qayaz) ham bo‘lgan.

Baliqchilar Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda Navbahor tumani IIB JXX HPB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida ushlangan. Ulardan 2 dona rezina qayiq, 4 dona avtomobil akkumulyatori, 2 dona elektr qarmoq sadogi va 2 dona elektr tokini kuchaytirib beruvchi uskuna ashyoviy dalillar sifatida olingan.

Fuqarolarning qilmishi oqibatida tabiatga 6 mlrd 324 mln so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazilgani hisoblangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudining 2025 yil 14 apreldagi hukmi bilan SH.G‘., Z.A., M.O. va B.S. Jinoyat kodeksining 202-moddasi (hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) 3-qismining “g, ye, j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybli deb topilgan. Ularning har biriga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng sudlanuvchilarlan tabiatga yetkazilgan 6 mlrd 232 mln so‘m zarar solidar tartibda undirilishi belgilangan.

Kiritildi: 17:53 13.05.2025. O'qildi: 297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!