Istanbul Bosh prokuraturasi Turkiyaning mashhur Leman satirik jurnali payg‘ambarimiz Muhammad S.A.V karikaturasini chop etgani uchun tergov boshladi.
TRT telekanaliga tayanib xabar berishicha, karikatura muallifi qo‘lga olingan.
"Istanbul Bosh prokuraturasi jurnalda chop etilgan payg‘ambarimiz Muhammad S.A.V karikaturasi munosabati bilan dindorlarning tuyg‘ularini oshkora haqorat qilish fakti bo‘yicha Turkiya Jinoyat kodeksining 216-moddasi bo‘yicha sud tergovini boshladi. Hech bir erkinlik muqaddas narsalarni bunday jirkanch tarzda masxara qilishga haqli emas", - deb yozdi Turkiya Adliya vazirligi rahbari Yilmaz o‘zining sahifasida.
U "Muhammad payg‘ambarning karikaturalari yoki uni umuman tasvirlashga urinishlar nafaqat diniy qadriyatlarga, balki jamoat tinchligiga ham zarar yetkazishi”ni ta’kidladi. “Millionlab musulmonlar e’tiqodini e’tiborsiz qoldiruvchi bu provokasiya yuzasidan zudlik bilan zarur qonuniy choralar ko‘riladi”, — deya qo‘shimcha qildi vazir.
Telekanal xabariga ko‘ra, karikatura muallifi qo‘lga olingan. Prokuratura Leman tahririyatining to‘rt nafar xodimini hibsga olishga ruxsat oldi.