Ekaterinburgda «Ozarbayjon-Ural» tashkiloti rahbari Shohin Shixlinskiy qo‘lga olindi.
Shixlinskiy tushgan «Gelendvagen» avtomobili «Baku Plaza» savdo markazi yonida to‘xtatildi — kuch ishlatuvchi organlar xodimlari mashinaning oynalarini sindirib, uni majburiy tarzda avtodan chiqarib olishdi.
«Baza» manbasiga ko‘ra, Shixlinskiy o‘g‘li bilan birga qo‘lga olingan, ammo keyinchalik o‘g‘li ozod etilgan. O‘zi esa hozirgacha qo‘lga olingan holda qolmoqda.
Shixlinskiyni bir necha kun oldin Yekaterinburgda kuch ishlatuvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan reyd vaqtida so‘roq qilishgan. Bu voqeadan so‘ng Ozarbayjon o‘z noroziligini bildirgan va Rossiya fuqarolarini hibsga olishni boshlagan.