Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi klublar o‘rtasidagi JCh - 2025 1/8 finali doirasida "Manchester Siti"ni mag‘lub etdi. Klub matbuot xizmati ushbu muvaffaqiyatga izoh berdi.
"Ish hali oxiriga yetkazilmagan", - deyiladi Saudiya klubining ijtimoiy tarmoqdagi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, "Al-Hilol" "Manchester Siti" ustidan qo‘shimcha bo‘limlarda 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining navbatdagi bosqichida Simone Indzagi shogirdlari Chempionlar ligasi finalchisi Milanning "Inter" klubini uyiga qaytarib yuborgan Braziliyaning "Fluminense" klubi bilan kuch sinashadi.