Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Ozarbayjonga nota topshirdi

Rossiya Ozarbayjonga nota topshirdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Boku shahrida ushlangan rossiyalik jurnalistlarni ozod qilish talabini qo‘ygan holda, Ozarbayjon elchisini chaqirib, rasmiy nota topshirdi.

1 iyul kuni Rossiya TIV Azerbayjonning Moskvadagi elchisi Rahmon Mustafayevni chaqirdi va unga Boku shahrida qo‘lga olingan jurnalistlar — Igor Kartavix va Yevgeniy Belousovni zudlik bilan ozod etish talabini o‘z ichiga olgan nota topshirdi.

TIV matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv RF TIV rahbar o‘rinbosari Mixail Galuzin ishtirokida o‘tgan. Galuzin Bokuni «do‘stona munosabatlarga zid harakatlarda» ayblab, ikki tomonlama munosabatlarni buzishda aybdorlikni bildirgan.

📌 Ma’lumot uchun:

  • 30 iyun kuni Ozarbayjon polisiyasi Bokudagi «Sputnik» tahririyatida tintuv o‘tkazib, Igor Kartavix va Yevgeniy Belousovni ushlagan.

  • Azerbayjon OAV tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushlanganlar FSB agentlari bo‘lib, jurnalist ko‘rsinida faoliyat yuritgan.

  • 1 iyul kuni Ozarbayjon IIV tomonidan «firibgarlik», «noqonuniy tadbirkorlik» va «qonunga zid daromadlarni legallashtirish» moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 7 kishi ushlangan, shundan 2 nafari hibsga olingan.

Shuningdek, Rossiya tomoni jurnalistlarning haqiqiy maqomini ta’kidlamoqda. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov:

«Bu yerda gap aynan jurnalistlar haqida bormoqda», — deb ta’kidladi va vaziyat bo‘yicha haddan tashqari ehtirosli reaksiya o‘rniga, konstruktiv muloqot bo‘lishiga umid bildirdi.

📍 Bu diplomatik mojaro 27 iyun kuni Yekaterinburgda Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan bir necha azerbayjonliklarni ushlash paytida yuz bergan zo‘ravonlikda, kamida ikki kishining o‘limi bilan bog‘liq voqeadan so‘ng yanada taranglashdi.

Kiritildi: 19:37 01.07.2025. O'qildi: 1348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!