Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Eron zarbalarini qaytarishda Isroilga yordam bergan Iordaniyada aroqdan zaharlanib 9 kishi o‘ldi

Eron zarbalarini qaytarishda Isroilga yordam bergan Iordaniyada aroqdan zaharlanib 9 kishi o‘ldi

Iordaniyada metanoldan zaharlanish oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, 17 kishi jarohatlandi.

Bu haqda Jamoat xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Zaharlanishning birinchi holatlari o‘tgan payshanba kuni shimoli-sharqdagi Zarqa viloyatida qayd etilgan edi.

Jamoat xavfsizligi boshqarmasi matbuot kotibi Amer Sartavi yakshanba kuni bir nechta odamlarda alkogolli ichimliklarni iste’mol qilgandan keyin ko‘ngil aynish, bosh aylanishi va nafas olish qiyinlishuvi kabi alomatlar borligini aytdi.

Tergovchilar zaharli alkogol bir nechta brend ostidagi mahsulotlarni tarqatuvchi yagona zavoddan kelganini aniqladi. Laboratoriya tekshiruvlari qurbonlarning biologik namunalarida ham, musodara qilingan mahsulotlarda ham iste’mol qilish uchun yaroqsiz zaharli modda bo‘lgan metil spirti mavjudligini tasdiqladi, deya qo‘shimcha qildi u.

Petraning so‘zlariga ko‘ra, zavod yopilgan va bir qancha gumonlanuvchilar sudgacha hibsga olingan.

Kiritildi: Bugun 07:23. O'qildi: 918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!