Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Zangiota tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi 20 ming AQSh dollari pora olayotganda qo‘lga tushdi

Zangiota tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi 20 ming AQSh dollari pora olayotganda qo‘lga tushdi

Poraxo‘rlik bilan bog‘liq holat Toshkent viloyatida ham qayd etilib, xususan, Zangiota tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi mahalliy fuqaroga tegishli uyning yonida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 8 sotix yer maydonini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun tuman hokimligi tomonidan tuziladigan ishchi guruh orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSh dollari talab qiladi.

Lekin, ushbu pul mablag‘idan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Hozirda bosh mutaxassisga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:22. O'qildi: 429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!