Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Zamonaviy qurollarni yetkazib berish G‘arb davlatlari uchun shunchaki biznesdir – Medvedev

Zamonaviy qurollarni yetkazib berish G‘arb davlatlari uchun shunchaki biznesdir – Medvedev

Va bu Rossiyaga nisbatan nafrat bilan aloqador, deya qo‘shimcha qildi u.

“Okean ortidagi va yevropalik demagoglar yadroviy apokalipsisda o‘lib ketishmoqchi emas. Shuning uchun ular hozirgi mojaroda har qanday quroldan foydalanishni yutib yuborishadi”, deb yozdi u Telegram-kanalida.

Shu bilan birga, u Rossiya o‘z doktrinasiga asoslanib, qachon yadroviy quroldan foydalanishga tayyor ekanligini yana bir bor eslatdi.

“Agar biz yoki ittifoqdoshlarimizga shu turdagi qurol yordamida hujum qilinsa. Yoki shunday qurollardan foydalangan holda davlatimiz mavjudligiga tajovuz tahdid soladigan bo‘lsa”, deya qo‘shimcha qildi Medvedev.

Kiritildi: 16:10 27.09.2022. O'qildi: 2066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!