Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Zakot molning haqqidir!

Zakot molning haqqidir!

9- قَالَ أَبُو هُرَيْرَةَ: لَمّا تُوُفِّيَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، وَكانَ أَبُو بَكْرٍ رضي الله عنه، وَكَفَرَ مَنْ كَفَرَ مِنَ الْعَرَب، فَقالَ عُمَرُ رضي الله عنه: كَيْفَ تُقاتِلُ النَّاسَ وَقَدْ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أُمِرْتُ أَنْ أُقاتِلَ النَّاسَ حَتّى يَقُولوا لا إِلهَ إِلاَّ اللهُ، فَمَنْ قالَها فَقَدْ عَصَمَ مِنِّي مَالَهُ وَنَفْسَهُ إِلاَّ بِحَقِّهِ، وَحِسابُهُ عَلى اللهِ فَقالَ أَبُو بَكْرٍ: وَاللهِ لأُقاتِلَنَّ مَنْ فَرَّقَ بَيْنَ الصَّلاةِ وَالزَّكاةِ، فَإِنَّ الزَّكاةَ حَقُّ الْمالِ، وَاللهِ لَوْ مَنَعُوني عَناقًا كَانوا يُؤَدُّونَها إِلى رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَقاتَلْتُهُمْ عَلى مَنْعِها قالَ عُمَر رضي الله عنه: فَواللهِ ما هُوَ إِلاَّ أَنْ قَدْ شَرَحَ اللهُ صَدْرَ أَبي بَكْرٍ رضي الله عنه فَعَرَفْتُ أَنَّهُ الْحَقُّ

9- Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadis: Rasululloh sollollohu alayhi va sallam vafot etgach, Abu Bakr roziyallohu anhu (xalifa) bo‘ldi va arablardan kofir bo‘lganlar kofir bo‘ldi. (Abu Bakr roziyallohu anhu ularga qarshi jang qilmoqchi bo‘lganida) Umar roziyallohu anhu aytdi: “Bu odamlar bilan qanday jang qilasiz?! Axir Rasululloh sollollohu alayhi va sallam: “Odamlar bilan to ular “hech qanday iloh yo‘q magar Ollohgina bordir” degunlaricha jang qilishga buyurildim. Bas, kim o‘sha (kalima)ni aytsa mendan molini va jonini o‘z haqqidan (ya’ni, zakotning haqqidan va biror jinoyatga jazolanish haqqidan) boshqa holatda saqlab qolibdi va uning hisobi Olloh taologa havoladir”, deganlarku! Abu Bakr roziyallohu anhu aytdi: “Ollohga qasamki, namoz bilan zakotning o‘rtasini ajratgan kimsa bilan albatta jang qilaman. Zero zakot molning haqqidir. Ollohga qasamki, agar avval Rasululloh sollollohu alayhi va sallamga ado qilgan (hatto) bir echki bolasini menga ham berishdan bosh tortsalar, ana shuni bermaganlari uchun ular bilan albatta jang qilaman”, dedi.

Umar roziyallohu anhu aytdi: “Ollohga qasamki, bu Abu Bakrning qalbini Olloh “ochib” qo‘yganidan boshqa narsa emas. Uning (qarori) to‘g‘riligini anglab yetdim”, dedi.

 

Manba: muslim. uz

Kiritildi: 21:45 07.10.2019. O'qildi: 2289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!