Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

o‘zbekistonda qancha odamda Gepatit S aniqlangani aytildi

A A A
o‘zbekistonda qancha odamda Gepatit S aniqlangani aytildi

Yurtimizdagi 65 dan ziyod oilaviy va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda gepatitning “V” va “S” turlarini aniqlash uchun bepul skrining tashkil etildi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova ma’lum qildi:

Joriy yilning hozirgi davriga qadar 696 147 nafar aholi gepatit V turiga va 696 045 nafar aholi gepatit S turiga skrining tekshiruvidan o‘tkazildi, ulardan 22 307 nafarida gepatit V va 22 157 nafarida gepatit S turlari aniqlandi.

Gepatit S ga qarshi dori vositalari xaridi uchun Davlat byudjetidan 47 mlrd. so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.

Misr Arab Respublikasi bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida 800 ming qadoq Daklotasvir va Sofosbuvir dori vositalarini beg‘araz yordam sifatida yuborish uchun kelishuvga erishildi.

Hozirgi kunda 60 000 qadoq Daklatasvir va 7 000 qadoq Sofosbuvir dori vositalari gepatit S turi aniqlangan bemorlarga bepul tarqatilmokda.

Kiritildi: 10:41 05.12.2023. O'qildi: 1320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!