29 avgustdan 8 sentyabrgacha O‘zbekiston yana bir yirik turnirga mezbonlik qiladi. "CAFA Nations Cup" musobaqasining ilk mavsumi ko‘plab muxlislarda iliq taassurot qoldirgan bo‘lsa, bu yilgi bahslar ham yuqori saviyada o‘tishi kutilmoqda.
Bu gal qatnashchilar soni yana 2 taga ko‘payadi — musobaqada mehmon sifatida Malayziya va O‘mon terma jamoalari ishtirok etadi. Turnir o‘yinlarining bir guruhi Tojikistonda, ikkinchisi esa O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Final bahsi yurtimizda tashkil etiladi.
Jahon chempionati ishtirokchisi O‘zbekiston milliy terma jamoasi "CAFA Nations Cup 2025" musobaqasida navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazadi. Muxlislarimizni esa qiziqarli va murosasiz bahslar kutmoqda.
"CAFA Nations Cup 2025"
29 avgust — 8 sentyabr
Qur’a 3 iyul 16:00
Guruh o‘yinlari: Tojikiston, O‘zbekiston
Final: O‘zbekiston