Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yurishingizga qarab salomatligingizga tashxis qo‘yamiz!

Yurishingizga qarab salomatligingizga tashxis qo‘yamiz!

Insonning yurishi, xatti-harakatidagi nuqsonni eng qimmat va chiroyli ko‘ylak ham yashira olmaydi. Undagi o‘zgarishlar mavjud kasalliklarga, buzilishlarga ishora qilishi mumkin.

Yurish – biokimyoviy jarayon bo‘lib, unda mushak, bo‘g‘im va suyaklardan tortib asab tizimigacha ishtirok etadi. Bu yaxlit tizimda qandaydir bir buzilish bo‘lsa ham yurish holatiga ta’sir ko‘rsatadi.

“O‘rdak” yurish. Bu holatda inson bor og‘irligini bir oyoqdan ikkinchisiga tashlab-tashlab yuradi. Bunday yurish odatda, tos-son sohasidagi sinish-chiqishlarda kuzatiladi. “O‘rdak” yurishda odam og‘riqli sohani ehtiyotlaydi va iloji boricha sog‘lom oyog‘i bilan yurishga harakat qiladi. 

“Sirkul” yurish. Odam yurayotgan vaqtida tizzalarini bukmaydi. Tizza bo‘g‘imlaridagi og‘riq sabab u sekin-asta yurishga odatlanib qoladi. Artroz yoki tizza suyaklarining qiyshayishi odatda oyoqlarning sirkulning ikki “oyoqchalariga” o‘xshab tikka bo‘lib qotib qolishiga sabab bo‘ladi.

Mayda-mayda qadamlar. Bunday yurishni tasvirlash uchun baland poshnali poyabzal kiygan ayollarni ko‘z oldiga keltirish kifoya. Ammo ba’zida mayda qadamlarga poshnali oyoq kiyimning hech qanday aloqasi yo‘q: oyoq barmoqlari suyaklarining qiyshayishi odatda bunga asosiy “aybdor” hisoblanadi. Shuningdek, migren kabi kuchli bosh og‘rig‘i, osteoxondrozdan aziyat chekayotganlar odatda mayda qadam tashlab yurishadi.

Bukchayib yurish. Oyoqlarni yarim bukkancha, oldga egilib yurish ko‘pincha Parkinson (harakatlantiruvchi asab hujayralari, neyronlarning halok bo‘lishi bilan rivojlanadi) kasalligidan darak beradi.

Asabiy qadamlar. Ba’zida asabi chatoq insonlarni uning yurishiga qarab ham bilib olsa bo‘ladi. Nevrozdan aziyat chekuvchi insonlar odatda shu yo‘sinda yuradi. Qo‘llarni kam harakatlantirib, to‘xtab-to‘xtab yurish jiddiy ruhiy kasalliklarga ishora qilishi mumkin.

Qorong‘uda yura olmaslik. Yorug‘lik kam joyda harkatlanishga qiynalish tayanch-harakat tizimidagi buzilishlarga, chayqalgancha yurish esa miya faoliyatidagi izdan chiqishlarga ishora qiladi.

Beqaror yurish. Oyoqlarda qon aylanishning buzilishi, varikoz, qandli diabet va aterosklerozda inson beqaror qadam tashlaydi. 

Titroq qadamlar. Ishonchsiz, titragancha qadam tashlash bosh miya faoliyatidagi buzilishlarga ishora qiladi. Yoshi katta insonlardagi bo‘g‘im kasalliklarida ham titroq qadamlar ko‘zga tashlanadi.

Kiritildi: 15:46 03.11.2019. O'qildi: 3839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!