Qaror bilan aniq choralar, muddatlar va ijrochilar ro‘yxati keltirilgan «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangan. Bo‘limlardan biri biznesni ro‘yxatga olish jarayonini soddalashtirishga qaratilgan.
Jumladan, sentyabr oyida yuridik shaxslar ro‘yxatga olish jarayonida bank hisoblarini masofadan turib ochish huquqiga ega bo‘ladi. Buning uchun ularning ta’sischilari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi lozim.
Shu maqsadda arizachilarni sirtdan identifikasiya qilish uchun Noqonuniy pullarni «yuvish»ga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiqish guruhi (FATF) talablariga muvofiq maxsus shart-sharoitlar yaratiladi.
Hozirda jismoniy shaxslar banklarda masofadan turib omonatlar ochishi mumkin.
Manba: daryo.uz