Fransuz jurnalisti Fransua Gallardo ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, Yurgen Klopp kelayotgan yozdan boshlab «Real» bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanadi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, bu qaror dekabr oyida qabul qilingan va shartnoma allaqachon imzolangan. Shuningdek, hozirgi jamoa murabbiyi Arbeloa qanday sovrinlarni qo‘lga kiritishi ahamiyatli emas.
Bundan avval matbuotda Madrid klubining nemis mutaxassisga qiziqishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Shuningdek, Kloppning kelajagi «Atletiko» bilan ham bog‘lanib kelmoqda.
Nemis mutaxassis «Liverpul»dan ketgach, murabbiylik faoliyatini to‘xtatgan edi. Yurgen Klopp «Liverpul»da to‘qson oy ishlagan (2015 yil oktyabridan 2024 yil yanvariga qadar). Shu davrda «Liverpul» UYEFA Chempionlar Ligasi finaliga uch marta chiqdi: 2018, 2019 va 2022 yillarda.