Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Yurgen Klopp qachon murabbiylikka qaytishi mumkinligi aytildi

Yurgen Klopp qachon murabbiylikka qaytishi mumkinligi aytildi

«Liverpul» klubining sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp yaqin vaqt ichida murabbiylik faoliyatiga qaytishni rejalashtirmayapti.

Jurnalist Sem Uollesning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, 57 yoshli mutaxassis murabbiylikka qaytish borasida haqida qaror qabul qilishdan oldin 2026 yilgacha kutmoqchi. U murabbiy sifatidagi ishga kelasi yilning yozidan erta qaytmaydi.

Klopp 2015 yildan 2024 yilgacha «Liverpul»da faoliyat olib borgan. 2025 yil 1 yanvardan e’tiboran u Red Bull kompaniyasida global rahbar sifatida ish boshladi. Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp «Liverpul» bilan birgalikda Angliya Premyer-ligasi va Chempionlar Ligasini yutgan.

Kiritildi: 09:12 23.04.2025. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!