Bugun 2 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Aktyor Umid Irgashev bilan “YURAKLAR JANGI” seriali xaqida intervyu

Aktyor Umid Irgashev bilan “YURAKLAR JANGI” seriali xaqida intervyu

1. Odatda rol ijro etganingizda, nimalarga ahamiyat bergan holda rozi bo‘lasiz?

Odatda rol tanlashdan oldin, o‘sha o‘zimga taklif qilinayotgan rolni o‘zimning e’tiqodimga va qarashlarimga qanchalik mos kelishiga ahamiyat beraman. O‘z e’tiqodim va qarashlarimga teskari bo‘lgan rolni ijro qilishga rozi bo‘lmayman.

“YURAKLAR JANGI” seriali bo‘yicha intervyu

2. “Yuraklar jangi” serialidagi rolingizni, aynan qaysi jihati uchun rozi bo‘lgansiz?

Bu rolga rozi bo‘lishimning sababi, unda bugungi kunda ayrim oilalarda yuz berayotgan voqealar, har xil kelishmovchiliklar mavzusi olib chiqilganligi, menda juda ham qiziqish uyg‘otgan. Shuning uchun rozi bo‘lganman. Undan tashqari, aktyorlar jamoasi, rejissyor ham menga ma’qul bo‘lgan.

 

3. “Yuraklar jangi” serialidagi qahramoningizni qaysi jihatlari, sizga yaqin?

Qahramonimning sabr qilishi, har qanday vaziyatlarda o‘zini tutib tura olishi menga yaqin, deb hisoblayman.

“YURAKLAR JANGI” seriali bo‘yicha intervyu

4. Yuraklar jangi” serialidagi qahramoningizni qaysi jihatlari hayotda, sizning xarakteringizga teskari?

Hayotda ham sabrli bo‘lganim bilan, lekin sal tezroq harakat qilishni yaxshi ko‘raman. Ba’zi vaziyatlarda tezroq chiqib ketishga, ayniqsa “fors-major” vaziyatlardan tezkorlik bilan chiqishga harakat qilaman. Serialda esa, qahramonimning o‘ylab ish qilishlari yaxshiyu lekin, juda ham ko‘p o‘ylaydi-da. Shu joylari menga hayotda sal teskariroq.  

 

5. Bu serialdagi qaysi epizodda rol ijro qilishga qiynalgansiz?

Serialdagi ijro qilishga eng qiynalgan joyim, bu aktrisa Rayhon Ulasenova bilan sevgi sahnasini ijro etishga juda qiynalganman. Sababi, unday sevgi sahnasida partnyoringizni his qilib turishingiz kerak, rol ijro qilayotgan vaqtda qahramonni sevib qolish kerakligini, aktyorlik mahoratidan dars olganimda o‘rgatishgan. Ana shu jihat menga halaqit berdi, chunki, partnyorimni sevib qololmadim.

“YURAKLAR JANGI” seriali bo‘yicha intervyu

6. Shu serialdagi qahramoningiz o‘rnida bo‘lib qolsam, degan fikr xayolingizga kelganmi?

Yo‘q, menda bunday fikru xayol bo‘lmagan.

 

7. Partnyoringiz Rayhon Ulasenova bilan rol ijro qilish qanday bo‘ldi? Har holda professional aktrisa.

Rayhon Ulasenova chindan ham professional aktrisa. Rayhon Ulasenovaning ijro mahoratini oldida, meniki kuchsizroq albatta. Shu taraflama, partnyorim bilan rol ijro qilishda qiynaldim. Shuningdek, partnyorni his qilishga kelganda ham, yuqorida o‘zim aytib o‘tgan jihatlar taraflama, qiyinroq bo‘ldi.

“YURAKLAR JANGI” seriali bo‘yicha intervyu

8. Yuraklar jangi” serialini o‘zingiz to‘liq ko‘rdingizmi?

Ha, birinchi qismdan boshlab, oxirgi qismgacha qoldirmay ko‘rdim.

 

9. O‘zingizni ekranda ko‘rib, qaysi kamchiliklaringizni sezasiz?

(kuladi) Menimcha, shu semizligim bo‘lsa kerak.

“YURAKLAR JANGI” seriali bo‘yicha intervyu

10. Qaysidir mashhur aktyorga taqlid qilganmisiz?

Yo‘q! Hech kimga taqlid qilmaganman.

 

11. Qaysi aktyorning muxlisisiz? Yoki ijodi yoqadi?

Hollivud aktyori Uill Smitni muxlisiman. U juda ham iqtidorli va mahoratli aktyor, deb hisoblayman.

 

12. Hozirgi kunda nimalar bandsiz?

Hozirda bir necha takliflar bor. Ularning ichida Turkiya bilan hamkorlikda suratga olinadigan bir loyiha menga yoqib turibdi. Balki, shunda rol ijro qilishim mumkin. Hamma yurtdoshlarimga, muxlislarga omad, sihat-salomatlik tilayman!

Aktyor Umid Irgashevning "wikipedia"da sahifasi: https://en.wikipedia.org/wiki/Umid_Irgashev

Kiritildi: 15:45 01.05.2021. O'qildi: 6013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!