O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:
Ravshan Ayubovich Gulyamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
Obid Arzikulovich Xakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari - Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimidan ozod etildi;
Aziz Yuldashevich Mag‘rupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investisiyalar bo‘yicha vakili lavozimidan ozod etildi.