Finaldan roppa-rosa 2 yil oldin (2023 yilning 29 oktyabr kuni) ham "Buxoro" "Paxtakor"ni qabul qilgan edi. O‘sha uchrashuv ham keskin kurashlar ostida o‘tadi. O‘yin taqdirini 90 plyus 6-daqiqada VAR chaqirig‘i bilan belgilangan penalti hal qiladi...
O‘zFHM komissiyasi yuqoridagi videodan penaltiga sabab bo‘ladigan harakat topa olmaydi. Hamda VAR vaziyatga o‘rinsiz aralashgani uchun hakamni nomuayyan muddatga chetlatib, VAR lisenziyasini qaytarib oladi. Bu hakam kim edi, bilasizmi?
Javob: Naim Qosimov. Kechagi finalni boshqargan referi.
"*O‘sha mavsum yakunida "Buxoro" so‘nggi pog‘onada Pro ligaga tushib ketgan. "Paxtakor" chempion sifatida OCHL yo‘llanmasiga ega chiqqan edi. Mazkur epizodda hakamlar aybdor deb topgan Bekzod Kamolov esa boshqa maydonga tushirilmadi. Transfermarkt portali 20 yoshli futbolchi shu voqeadan keyin faoliyatini yakunlagani haqida info beryapti." - deb yozmoqda O‘zbekistonlik blogerlar