Toshkent shahri Bektemir tumani hududidan o‘tuvchi A373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘liniig 1-kilometrida joylashgan Chirchiq daryosi ko‘prigida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan 3 noyabr kuni soat 10:00 dan 4 noyabr kuni soat 07:00 ga qadar harakat bir tomonlama, ya’ni vodiy – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yopiladi.
Yuqori Chirchiq tumanidan Toshkent shahriga kirish yo‘li D012 «Bektemir sh.-Chirchiq sh.-G‘azalkent sh.-Chorbog‘ qo‘rg‘oni» avtomobil yo‘lining 6-kilometridan Yik-ota va Farg‘ona yo‘li yo‘nalishiga yo‘naltiriladi.