«Keling, hamma narsani o‘z nomi bilan ataylik. Polshada yillar davomida demokratiya va qonun ustuvorligini yo‘q qilishni istaydigan tashkilot va siyosatchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning dunyodagi rossiyaparast kuchlar orasidan yordam topayotgani ham tasodif emas. Bugun esa ushbu mojaroda ular rossiyalik botlar armiyasi yordamidan bahramand bo‘lmoqdalar», — dedi Polsha bosh vaziri Donald Tusk xalqqa qilgan murojaatida.
Shuningdek, Tusk Polshada “konstitusiyaviy to‘ntarish” yuz berganini aytgan Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevdan iqtibos keltirdi.
«Bryussel boqimandasi Tuskning liberallari “Partiya va adolat” tarafdori bo‘lgan konservatorlarni ezib tashlamoqda. Aftidan, bunga ularning banderachilarga bo‘lgan nafrati ham sabab bo‘lgan. Qo‘llanilayotgan usul esa neonasist Ukrainadagi bilan aynan bir xil: Konstitusiyaviy tribunal vakolatlarini bekor qilish», — deb yozgan edi Medvedev Polshadagi voqealarga izoh berar ekan.