Yuqori Chirchiq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot.
Bugun, 13 fevral kuni soat tahminan 14:00 larda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tgan D012 “Bektemir-Chorbog‘ q” avtomobil yo‘lining 18-kilometrida 2002 yilda tug‘ilgan haydovchi “Lada” rusumli avtomobilni boshqarib kelayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida to‘htab turgan “Damas” avtomobiliga borib urilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
✔️Natijada, transport vositasida bo‘lgan yo‘lovchi tan jaroxati olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotkizilgan.
✔️Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.