Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

«Barselona» «Atletiko» bilan o‘yindagi vaziyat bo‘yicha UYEFAga shikoyat kiritishi mumkin

«Barselona» «Atletiko» bilan o‘yindagi vaziyat bo‘yicha UYEFAga shikoyat kiritishi mumkin

Ispaniyaning «Barselona» klubi Chempionlar ligasi 1/4 finali ilk o‘yinida «Atletiko»ga qarshi uchrashuvdan keyin UYEFAga rasmiy shikoyat yo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Jurnalist Sikve Rodriges ma’lumotiga ko‘ra, gap «matraschilar» himoyachisi Mark Pubilning o‘z jarima maydonida to‘pni qo‘l bilan o‘ynagan epizodi haqida ketmoqda. «Barselona» ushbu holatda raqib darvozasiga penalti belgilanmaganidan norozi bo‘lib, buni jiddiy hakamlik xatosi deb hisoblamoqda.

Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xansi Flik ham uchrashuvdan so‘ng aynan shu epizod bo‘yicha noroziligini bildirgan. Xabar qilinishicha, klubda keyingi qadamlarni muhokama qilish uchun uchrashuv rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan tun «Barselona» o‘z maydonida «Atletiko»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Javob uchrashuvi 14 apreldan 15 aprelga o‘tar kechasi Madridda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 15:21. O'qildi: 378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!