Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

"Hizbulloh" sulh buzilganiga javoban Isroilga zarba berganini ma’lum qildi

"Hizbulloh" sulh buzilganiga javoban Isroilga zarba berganini ma’lum qildi

Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi Livanning "Hizbulloh" guruhi payshanba kuni erta tongda AQSh va Eron o‘rtasidagi sulhning "buzilishiga" javoban Isroilga raketa zarbasi berganini e’lon qildi.

AFP agentligining "Hizbulloh" bayonotiga tayanib xabar berishicha, "dushman tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi buzilganiga javoban", guruh Livan bilan chegara yaqinidagi Isroilning Manara "raketalarini o‘qqa tutgan".

Avvalroq "Hizbulloh" chorshanba kuni Isroilning Livan bo‘ylab bergan yirik zarbalariga javob qaytarishga "haqli" ekanini aytgan edi.

Livan davlat tuzilmalari ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hujumlar oqibatida 182 nafardan 254 nafargacha inson halok bo‘lgan. Bu voqealar AQSh Prezidenti Donald Tramp Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochishi sharti bilan Eronga nisbatan ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini e’lon qilganidan keyin yuz berdi. Biroq Isroil hukutmatining ta’kidlashicha, o‘t ochishni to‘xtatish tartibi Livanga taalluqli emas.

Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Qolibof Livanga berilgan zarbalarni sulhni buzishning bir qismi deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat shanba kuni, 10 aprelda Pokiston vositachiligida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lajak muzokaralarni mantiqsiz darajaga olib kelishi mumkin.

​Isroil Mudofaa armiyasi hozircha "Hizbulloh" tomonidan o‘qqa tutilish haqida hech qanday ma’lumot bermadi.

Kiritildi: Bugun 14:27. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!