Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yunusobod tumanida avtomobilda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 22 aprel kuni soat 15:01 da Yunusobod tumani Yangishahar ko‘chasida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida poytaxt FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 15:06 da yetib borgan va yong‘in soat 15:09 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

«Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 18:55 22.04.2025. O'qildi: 683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!