Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Yunusobod tumanida to‘xtatilgan "Captiva"ning haydovchisi qidiruvda bo‘lib chiqdi

Yunusobod tumanida to‘xtatilgan "Captiva"ning haydovchisi qidiruvda bo‘lib chiqdi

2022 yil 21 yanvar kuni soat 15:40 larda, Yunusobod tumani, TXAY ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan, ushbu ko‘chada harakatlanib kelayotgan "Captiva" rusumli avtomobil to‘xtatildi.

Haydovchi, 1982 yilda tug‘ilgan Z.Z.ning ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, 2021 yil 3 may kunidan buyon qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro Z.Z. tuman IIO FMBga topshirilgan.

Kiritildi: 12:54 23.01.2022. O'qildi: 2895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!