Bugun 11 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yunusobod tumanida inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Yunusobod tumanida inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro M.A. inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasidan 182 donasini 13,6 mln so‘mga, fuqaro A.A. (muqaddam sudlangan) 46 donasini 3 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanganlar.

Shuningdek, tadbir davomida M.A. va A.A.ga dori vositalarini yetkazib beruvchi 3 nafar fuqorodan 653 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:28 27.05.2025. O'qildi: 451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!