Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya qo‘shinlari Kiyev va Odessaga zarba berdi

Rossiya qo‘shinlari Kiyev va Odessaga zarba berdi

Kiyevda ko‘p qavatli turar joy binosi qisman vayron qilindi, Odessada esa ikki kishining halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

Kiyev meri Vitaliy Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, hujum natijasida poytaxtda to‘rt kishi jarohat olgan. Shaharning bir nechta tumanlari dronlar hujumiga uchragan.

Shahar harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkachenkoning ma’lum qilishicha, poytaxtning yetti tumanida ko‘p qavatli va xususiy uylarda qisman vayronagarchiliklar va yong‘inlar sodir bo‘lgan.

"Odessada deb xabar berdi viloyat prokuraturasi. Odessa viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiperning aytishicha, hujum natijasida ikki kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi jarohat olgan.

"Shahar markazidagi turar joy binolari vayron qilingan va zarar ko‘rgan. Shuningdek, shoshilinch tibbiy yordam stansiyasining ma’muriy binosi vayron bo‘lgan, bir nechta tez yordam mashinalari ham shikastlangan", — deya aniqlik kiritdi Kiper.

Kiritildi: 11:34 10.06.2025. O'qildi: 1186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!