Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Hindistonda internet o‘chirib qo‘yildi

Hindistonda internet o‘chirib qo‘yildi

Hindiston Manipur shtatining ayrim hududlarida komendantlik soati e’lon qilib, internetni o‘chirib qo‘ydi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Bunga etnik guruh yetakchilarining hibsga olinishi oqibatida norozilik namoyishlari boshlangani sabab bo‘lgan.

8 iyun kuni polisiya Meitei qurolli radikal guruhi «Arambai Tenggol»ning 5 nafar yetakchisini, jumladan, ularning rahbari Asem Kanan Singxni hibsga olgan. Hindiston tergov agentligi Singh Imfal aeroportida 2023 yilda shtatda sodir bo‘lgan zo‘ravonlik bilan bog‘liq «turli jinoiy harakatlar»ga aloqadorligi uchun hibsga olinganini bildirgan.

Manipurda 2023 yildan beri 2 yirik guruh, Meitei va Kuki o‘rtasida yer va qudrat uchun etnik to‘qnashuvlar sodir bo‘lib kelmoqda. Ushbu mojaroda 250 dan ortiq odam halok bo‘lib, o‘n minglab odamlar ko‘chirilgan.

«Arambai Tenggol» a’zolarini ozod qilishni talab qilgan namoyishchilar polisiya postiga bostirib kirgan.

Shundan so‘ng hukumat shtatning 5 ta tumanida internetni 5 kunga to‘xtatib qo‘ygan. 1 ta shtatda esa noma’lum muddatga komendantlik soati joriy etilgan. Shuningdek, ba’zi joylarda 4 va undan ortiq kishining to‘planishi taqiqlangan.

Kiritildi: 14:10 10.06.2025. O'qildi: 1284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!