NATOning Rossiya tahdididan himoyalanish rejalari Yevropa xalqining ijtimoiy farovonligiga putur yetkazadi. Bu haqda L’Antidiplomatico nashri yozmoqda.
"NATO Bosh kotibi butun dunyoga yevropaliklar farovonlik davlati deb atalmish eski illyuziyalarni unutishlari kerakligini aytdi", — deyiladi maqolada.
Nashrning qayd etishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlarini mustahkamlash uchun Yevropa shaharlari aholisi uzoq vaqtdan beri minimal darajaga tushirilgan milliy sog‘liqni saqlash xizmati va pensiya tizimi haqidagi orzularidan voz kechishi kerak.
Shu hafta NATO bosh kotibi Marko Ryutte Londondagi konferensiyada a’zo davlatlar harbiy xarajatlarni YAIMning 5 foizigacha oshirmasalar, rus tilini o‘rganishlari kerakligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yaqin besh yil ichida alyans bilan harbiy to‘qnashuvga tayyor bo‘lishi mumkin.