Vladimir Zelenskiy bugun tunda Kiyev va Ukrainaning boshqa hududlariga qilingan hujumlarni so‘nggi vaqtlardagi "eng keng ko‘lamli zarbalardan biri" deb atadi.
Zelenskiy ittifoqchilarni agressiyani qaytarish uchun birgalikda harakat qilishga cgaqirdi.
Rossiya armiyasi 10 iyun kuni kechasi Kiyev, Odessa va boshqa uchuvchisiz apparatlar bilan hujum qildi. Ukraina ma’lumotlariga ko‘ra, jami 315 ta dron uchirilgan, bundan 284 tasi Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan yo‘q qilingan.
Kiyev shahar harbiy ma’muriyati boshlig‘i Timur Tkachenkoning so‘zlariga ko‘ra, havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlarining ishlashi natijasida yo‘qotishlar minimal darajaga tushirilgan.