Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yunoniston va Qatar mudofaa hamda investisiya sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

Yunoniston va Qatar mudofaa hamda investisiya sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

​Ikki mamlakat savdo, energetika va mudofaa sohalarida hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Bu 2024 yilda boshlangan sheriklik aloqalarining davomi bo‘ldi.

Yunoniston Bosh vaziri Kiriakos Misotakis va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Afinadagi uchrashuvda mamlakat infratuzilmasi, energetika va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlariga investisiya kiritish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

​Uchrashuvdan so‘ng Qatar amiri dunyodagi voqealarni inobatga olib, ikki davlat o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi aloqalarni mustahkamlashni o‘ta muhim deb hisoblashini ma’lum qildi. O‘z navbatida, Yunoniston tomoni dunyoning yetakchi gaz yetkazib beruvchisi bo‘lgan Qatardan o‘z iqtisodiyotiga sarmoya jalb qilishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Kiritildi: Bugun 17:53. O'qildi: 179 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!