2024–2025 yillarda dunyo bo‘ylab mojaro hududlarida 189 nafar jurnalist halok bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich avvalgi ikki yilga nisbatan 24 foizga ko‘p bo‘lib, 2014–2015 yillardan beri qayd etilgan eng yuqori natija hisoblanadi. Bu haqda YUNESKO hisobotida ma’lum qilingan.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, urush hududlarida halok bo‘lgan jurnalistlarning 40 foizi dronlar hujumi oqibatida vafot etgan.
Qurbonlarning eng ko‘pi Falastinga to‘g‘ri keladi — bu yerda kamida 62 nafar jurnalist halok bo‘lgan. Meksikada 17 nafar, Sudanda 14 nafar, Ukrainada 12 nafar va Rossiyada ikki nafar jurnalist hayotdan ko‘z yumgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova esa YUNESKO hisobotida Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan rossiyalik jurnalistlarning o‘ldirilishi holatlari e’tibordan chetda qoldirilganini ta’kidladi.