Barcha toifadagi yo‘lovchi tashish poyezdlarining yotoq joyli vagonlari, shuningdek o‘tirish joylariga ega tezkor yo‘lovchi tashish poyezdlarining vagonlari kuzatuvchilari yo‘lovchilarni ularning iltimosiga ko‘ra, tashuvchi belgilagan narxlarda kuniga kamida 3 marta choy bilan ta’minlashi kerak.
Yo‘lovchi tashish poyezdining barcha yo‘lovchilari butun yo‘nalish davomida sovutilgan qaynatilgan ichimlik suv bilan bepul ta’minlanishi kerak.