Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Yo‘l qoidalarini buzganlarga ogohlantirish berilishi mumkin

Yo‘l qoidalarini buzganlarga ogohlantirish berilishi mumkin

Ayrim xorijiy davlatlarda kam ahamiyatli ma’muriy huquqbuzarliklar uchun faqat jarima emas, og‘zaki yoki yozma ogohlantirish kabi yengilroq jazo turlari qo‘llaniladi. Bunda shaxsga qilmishining ijtimoiy oqibati tushuntirilib, uni yana sodir etmaslikka chaqiriladi. Bu esa, amaliyotda, bunday huquqbuzarliklarning kamayishiga olib kelayotgani qayd etilgan.

Shu bois, yangi qonun loyihasida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga “ma’muriy ogohlantirish” jazo chorasini kiritish taklif qilinmoqda.

Unga ko‘ra, ijtimoiy xavfi kam bo‘lgan ayrim yo‘l qoidalarini buzgan fuqarolarga avvalo ogohlantirish berilishi, keyin esa kerak bo‘lsa, jarima tatbiq etilishi mumkin.

Kiritildi: 14:12 17.06.2025. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!