“Biz Vashingtonni vaziyatga harbiy aralashuvdan ogohlantirmoqchimiz, bu haqiqatdan ham kutilmagan salbiy oqibatlarga olib keluvchi o‘ta xavfli qadamdir”, - dedi Mariya Zaxarova.
Rossiya TIV rasmiy vakili aytishiga ko‘ra, Eron Rossiyaga “Yadro qurolini tarqatmaslik” shartnomasi majburiyatini to‘liq bajarayotgani haqida aniq ma’lumotlar bergan, hamda Isroil hujumlarini to‘xtatgan taqdirda, Tehronning yadroviy dasturiga oid har qanday asossiz shubhali qarashlarni bartaraf etish maqsadida, AQSh bilan aloqalarni tiklashga tayyorligini bildirgan.