Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron va Isroil qachon hujumlarni to‘xtatishini aytdi

A A A
Eron va Isroil qachon hujumlarni to‘xtatishini aytdi

Eron Milliy xavfsizlik kengashi Tehron faqat Isroil "jazolanganidan" va mamlakatga "reparasiyalar to‘laganidan" keyingina hujumlarni to‘xtatishini e’lon qildi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu esa Isroil ham zarbalarni yaqin orada to‘xtatmasligini bildirdi. Netanyahuning so‘zlariga ko‘ra, Isroil "Yaqin Sharq va butun dunyo qiyofasini o‘zgartirish" maqsadida "tarixiy operasiya" o‘tkazmoqda.

Har ikki bayonotdan sal avval, Eron Tel-Aviv va Hayfadagi “harbiy nishonlar” va “harbiy sanoat markazlariga” zarbalar berdi. Bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi ma’lum qildi.

Kiritildi: 21:05 19.06.2025. O'qildi: 11574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!