Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Yuan – kripto – rubl: Rossiya neftni kriptovalyutaga sotyapti... Sanksiyalarni chetlab o‘tishning yangi usuli!

Yuan – kripto – rubl: Rossiya neftni kriptovalyutaga sotyapti... Sanksiyalarni chetlab o‘tishning yangi usuli!

Reuters: Rossiya sanksiyalarni chetlab o‘tish maqsadida Xitoy va Hindiston bilan neft savdosida kriptovalyutalardan foydalanmoqda.

Agentlik manbalarining ma’lum qilishicha, Rossiyaning ayrim neft kompaniyalari Xitoy yuani va hind rupiyasini Rossiya rubliga ayrboshlash jarayonini osonlashtirish uchun bitkoin, efir va Tether kabi kriptovalyutalardan foydalanmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu umumiy neft savdosining hozircha kichik, ammo tez sur’atda o‘sib borayotgan qismini tashkil etadi.

Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, jarayon quyidagicha kechadi: xitoylik xaridor vositachi kompaniyaning offshor hisob raqamiga yuan shaklida mablag‘ o‘tkazadi, vositachi esa bu pullarni kriptovalyutaga aylantirib, boshqa hisob raqamiga jo‘natadi. U yerdan pul Rossiyadagi uchinchi hisob raqamiga yuboriladi va rublga aylantiriladi.

"Rossiyaga qarshi sanksiyalar olib tashlansa ham, kriptovalyutalar neft savdosida ishlatilishda davom etishi ehtimoli yuqori – bu operasiyalarni tezroq amalga oshirishga yordam beradigan qulay vosita hisoblanadi" – deya qo‘shimcha qildi Reuters manbalari.

Kiritildi: 20:08 14.03.2025. O'qildi: 1103 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!